Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yorqin hayot mahallasida aholi turar-joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hashar tashkil etdi.

yangixayotichi09072021

yangixayotichi109072021

Hashar davomida ushbu mahalladagi ko‘chalar tozalanib, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazon va boshqa chiqindilar olib tashlandi, tuproq va qum-shag’allar bilan chuqur joylar to’ldirilib, past-baland yerlar tekislandi.

yangixayotichi209072021

yangixayotichi309072021

Shuningdek, qo‘mita xodimlari tashabbusi bilan mazkur mahalladagi ko‘p qavvatli uylar аtrofidagi daraxtlar butalib, oqlandi.

Ishchi guruh vakillari Yangihayot tumanidagi mahallalarda uyma-uy yurib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotganlar, keksalar va nogironlar xolidan xabar olinib, ularning oilasi uchun alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini berib, ularga moddiy va ma’naviy ko’mak bermoqda.yangixayotichi409072021

yangixayotichi509072021

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

 

Matbuot xizmati