Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Davlat statistika qo‘mitasida ham turli sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Statistika tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasi qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Unda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati hamda qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari o‘zaro bellashishdi.
Ta’kidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida statistika tizimi xodimlari o'rtasida futbol, basketbol, stol tennisi musobaqalari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Soha xodimlari bunday sport tadbirlari orqali, jismoniy holatini yaxshilab, dam olish vaqtini mazmunli o‘tkazishmoqda.
Matbuot xizmati