"International Open Data Day" doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, vazirlik va idoralar xodimlari hamda YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlari ishtirokida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni ommalashtirishga bag'ishlangan "Open Data Day Tashkent 2021" mavzusida tadbirlar tashkil etildi.


opendataichi110032021

Open Data Day- xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo'lib, u davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamoat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma'lumotlar konsepsiyasi va axborot oshkoraligini amalga oshirishga yordam beradi.

opendataichi210032021

opendataichi310032021

Ochiq ma'lumotlar kuni munosabati bilan butun dunyoda uchrashuvlar, ma'ruzalar va hakatonlar o'tkazilmoqda. 2015- yildan beri Open Knowledge Foundation ochiq ma'lumotlar dunyosidagi boshqa notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda jahon miqyosidagi voqealarni qo'llab-quvvatlash uchun mini-grantlar taqdim etadi.

opendataichi410032021

Tadbir doirasida ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Open Data Day Tashkent 2021 tadbiriga bag'ishlangan taqdimot o'tkazdilar.

opendataichi510032021

opendataichi610032021

Tadbirlarda 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishning strategik yo'nalishlari va prinsiplari, ochiq ma'lumotlarning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, ma'lumotlarning ochiqligini metodik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash, ma'lumotlarning ochiqligini tashkiliy va axborot-texnologik jihatdan ta'minlash, "O'zbekiston Respublikasida 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi" ni amalga oshirishdan kutilgan natijalar kabi masalalar muhokama qilindi.

opendataichi710032021

  • Tadbirlarda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4273-sonli qaroriga muvofiq statistika organlari oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish maqsadida Davlat statistika qo'mitasi tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:

    • O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ochiq ma'lumotlar instituti (Open Data Institute) ning kumush darajasi sertifikatiga ega bo'ldi, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy veb-sayti esa "Platinum"ning eng yuqori darajasiga yetdi, ya'ni bu ochiq ma'lumotlar axborot infratuzilmasining ajoyib namunasidir.

     

    • O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi birinchi mamlakat bo'lib, dunyoning ochiq ma'lumotlar portallarining eng to'liq ro'yxatiga kirdi org.

     

    • "BMTning 2020 elektron hukumat bo'yicha sharhi" ga ko'ra, O'zbekiston "Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi"da ochiq ma'lumotlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan 41 mamlakatdan (Very high OGDI) joy oldi.

     

    • "Open Data Inception" ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo'yicha dunyoda 6- o'rinni egalladi.

     

    • O'zbekiston ochiq ma'lumotlar reytingiga ko'ra, Open Data Inventory (ODIN) 63 ball to'plab, dunyoda 44, markaziy Osiyoda 1- o'rinni egalladi va 125 pog'ona ko'tarildi.

     

    • O'zbekiston ochiq ma'lumotlar xalqaro Xartiyasiga 23- mamlakat bo’lib qo'shildi va Janubiy Koreya va Filippindan keyin Osiyo mamlakatlari orasida uchinchi mamlakat bo'ldi.

     

    • Ochiq ma'lumotlarni ommalashtirish maqsadida mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida “Open Data Tashkent 2019” ochiq ma'lumotlar bo'yicha xalqaro konferensiya, “Open Data Week Uzbekistan 2019” ochiq ma'lumotlar haftaligi, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda” onlayn tadbiri, “Covid-19 pandemiyasini dunyo va O'zbekistonda tarqatish davrida ochiq ma'lumotlar asosida yechimlar” vebinari, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda”, “Korrupsiyaning oldini olishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” videokonferensiya shaklida ishchi seminar, shuningdek, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilib, unda 385 nafar xodim o'qitilgan.

    Tadbirlar ishtirokchilari raqamli iqtisodiyot sohasida yanada hamkorlikni davom ettirish, AKT mutaxassislarini tayyorlash, texnoparklarni rivojlantirish, jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislar malakasini oshirish, pochta aloqasi va raqamli teleeshittirishlarni rivojlantirish zarurligi nuqtai nazaridan umumiy fikrga kelishdi.

opendataichi810032021

opendataichi910032021

Tadbirlar O'zbekiston oldida turgan vazifalar va O'zbekiston ochiq ma'lumotlar portali xodimlarining ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo'yicha rejalashtirilgan harakatlari haqida bahs bilan yakunlandi.

Matbuot xizmati