Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha – mahallabay va fuqarobay tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

yangihayotichi26052021

yangihayotichi126052021

Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Davlat statistika qo‘mitasi ham faol qatnashmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi Yangihayot tumanidagi mahallalarda hasharlar tashkil etmoqda.

yangihayotichi326052021

yangihayotichi226052021

Jumladan, mahalladagi ko‘chalar, ariqlarda to‘planib qolgan turli xazonlar va boshqa chiqindilar hashar yo‘li bilan tozalandi.

Shuningdek, mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, aholi xonadonlari аtrofidagi daraxtlar oqlanib, butaldi. Ishchi guruhi tomonidan tumandagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlariga kompyuter jamlanmalari berildi.

yangihayotichi426052021

yangihayotichi526052021

Ishchi guruhi vakillari tomonidan “Mahallabay” tizimidagi bu kabi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech