Statistika agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

NASHR ETILGAN: 28/09/2023

sport1606_6

Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari o‘rtasida mini-futbol sport turi boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni kuchaytirish zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o‘tkazishdan maqsad har bir fuqaroda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

Matbuot xizmati

“Yorqin hayot” MFYda madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 27/05/2023

sport1606_6

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda muntazam ravishda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari, turli madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, teatrlarga tashrif, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi madaniy-maʼrifiy tadbir Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot” MFYda oʻtkazildi. Mazkur kecha Statistika agentligi tomonidan “Yorqin hayot” MFY bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot”, “Navqiron”, “Marhamat”, “Mashʼal” MFY yoshlari taklif etildi.

Tadbirda mahalla ahlining madaniy hordiq chiqarishi uchun sport musobaqalari tashkil etilib, sanʼatkorlar tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar kuylandi.

Xususan, kamondan o'q otish, arqon tortish, stol tennisi, bandminton, shaxmat, shashka va boshqa sport musobaqalarida nafaqat yoshlar, balki kattalar ham faol ishtirok etishdi.

Matbuot xizmati

Uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi

NASHR ETILGAN: 28/12/2022

sport1606_6

Joriy yilning 28- dekabr kuni Davlat statistika qoʻmitasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirga taniqli iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Gʻulomov Saidahror Saidahmedovich taklif etildi.

Taʼkidlash lozimki, shu yil 20- dekabrda davlatimiz rahbari Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida nuroniylarga berilayotgan eʼtibor, bu borada uch avlod uchrashuvlarinig ahamiyati haqida alohida toʻxtalib oʻtgan edi.

Jumladan, akademik Saidahror Gʻulomov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi va taʼlim sifatini oshirishda uch avlodning vazifalari borasida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

U taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻli ekani, oʻquvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish zarurligini, har bir oʻquvchining qobiliyatiga qarab, aniq yoʻnalishlar boʻyicha chuqur oʻqitish hamda dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish imkoniyatlari kengaytirish lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, akademik tomonidan intellektni oʻstirish omillari, talab oshadigan kasblar, sogʻlom ovqatlanish ratsioni kabi koʻplab foydali maʼlumotlar berildi. Yosh kadrlarga maqsadga erishish yoʻlidagi muammo va kamchiliklardan choʻchimasdan harakat qilish kerakligini oʻz hayotiy koʻnikmalari orqali tushuntirib berdi.

Matbuot xizmati

“Yoshlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish” mavzusida muloqot o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 07/10/2022

sport1606_6

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, qabul qilingan hujjatlar ijrosi sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning mexanizmlari muhokama qilindi.

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” da yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash bo‘yicha kelgusi 5 yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar o‘z aksini topdi.

Shuningdek, o‘tgan yillar davomida yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish bo‘yicha bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi.

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligi, qabul qilingan hujjatlar ijrosi sohani yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning mexanizmlari muhokama qilindi. Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, yoshlar yetakchisi A.Eshboyev onlayn muloqotda ishtirok etib, soha bo‘yicha ishtirokchilarni qiziqtirgan statistik ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Tadbirda Prezidentimizning “2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda “O’zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari bilan belgilangan bir qator vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

Matbuot xizmati

Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali va sport musobaqalari o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 04/07/2022

sport1606_6

2022- yil 15–30-iyun kunlar Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Mamlakatimizda “Yoshlar kuni”ning keng nishonlanishi yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish samaradorligini ta’minlashda barcha qatlamdagi yoshlar, xususan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorlarni namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2022- yil 15–30-iyun kunlar Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, “Intelektual o‘yin”, “Yosh kitobxon”, shuningdek, sportning mini-futbol, shashka, badminton, stol tennisi, workout va boshqa tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek, “Yoshlar oyligi” doirasida Davlat statistika qo‘mitasining raisi B. Begalovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Sport musobaqalarda g‘olib bo‘lgan va tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

Matbuot xizmati

Yoshlar o'rtasida mini-futbol musobaqasi o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 16/06/2022

sport1606_6

2022- yil 15- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2022- yil 15- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Qo‘mitaning Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi hamda Sport targ‘ibotchisi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada Davlat statistika qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash lozimki, Davlat statistika qo‘mitasida xodimlar o‘rtasida turli sport musobaqalarini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Matbuot xizmati

“Yosh statistiklar” loyihasi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 17/05/2022

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida, loyiha koordinatori Mixail Gundaryev bilan videomuloqot tashkil etildi.

Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultonov hamda Raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Yoshlar yetakchisi Aziz Eshboyev ishtirok etib, loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Muloqot jarayonida Rossiya Federasiyasining yetakchi universitetlaridan “Aloqa, muzokaralar va targ‘ibot” dasturi bo‘yicha malaka sertifikatini olish tartibi hamda biznes kommunikatsiyalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olishdi.

Matbuot xizmati

Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi

NASHR ETILGAN: 15/04/2021

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi “Yoshlar qanoti” tashabbusi doirasida “Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida onlayn muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda O‘zLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlari deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning “Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, sohani yanada takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan tadbirlar va ularning yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Sultonov hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilar kegashi raisi A.Eshboyev onlayn muloqotda ishtirok etib, muhokamalarda faol qatnashdi.

Matbuot xizmati

Yoshlar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi

NASHR ETILGAN: 31/03/2021

Bugungi kunda yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar bilan chuqurroq tanishtirish, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, muammolarini o'rganish va hayotda munosib o'rin egallashiga ko'maklashish maqsadida respublikamiz bo‘ylab yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 29- mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Amudaryo, Xo‘jayli, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahri yoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q. Sariev, O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining o'rinbosari M. Ziyadullayev, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirining o'rinbosari A. To'rayev, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank raisining o'rinbosari A. Kamalov, O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi va boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Barcha sohalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Ochiq muloqot yakunida yoshlarning muammolari, tashabbus va takliflari tinglandi. Bildirilgan muammo va tavsiyalar manzilli o‘rganildi va ijobiy yechim topish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati

Davlat statistika qo‘mitasi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

NASHR ETILGAN: 01/03/2021

2021- yil 1- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda qo‘mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich markaziy apparatda ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda Bahodir Begalov yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan munzatam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Ochiq muloqot yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo‘mita Raisi tomonidan atroflicha javob berildi.

Matbuot xizmati

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan onlayn muloqot tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 18/02/2021

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ning 2- bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida videoseminar o'tkazildi.

Seminar davomida hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari, ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirish va chop etishning o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalida ma'lumotlarni shakllantirishda tarmoqlar va hududlarning o'rni haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, yosh xodimlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish, sport bilan muntazam shug’ullanishga chorlovchi fikr-mulohazalar tinglandi.

Matbuot xizmati

“Yosh statistiklar” loyihasi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

NASHR ETILGAN: 17/05/2022

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida, loyiha koordinatori Mixail Gundaryev bilan videomuloqot tashkil etildi.

Mazkur onlayn uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasidan Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Akrom Sultonov hamda Raisning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Yoshlar yetakchisi Aziz Eshboyev ishtirok etib, loyiha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Muloqot jarayonida Rossiya Federasiyasining yetakchi universitetlaridan “Aloqa, muzokaralar va targ‘ibot” dasturi bo‘yicha malaka sertifikatini olish tartibi hamda biznes kommunikatsiyalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar “Yosh statistiklar” loyihasi doirasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olishdi.

Matbuot xizmati