22- sentabr — Xalqaro avtomobilsiz kuni sifatida belgilangan bo‘lib, ko‘plab davlatlarda piyoda, velosiped va jamoat transportidan foydalanish targ’ib etiladi. Shu munosabat bilan bugun butun respublika boʻylab vazirlik va idoralar, turli tashkilotlar rahbar-xodimlari ish joylariga piyoda hamda velosipedlarda kelishmoqda.
Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi ham mazkur aksiyada faol qatnashmoqda. Jumladan, Rais oʻrinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich, Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi, Abdurasulov Usmon Rustamovich va boshqarma boshliqlari ham ish joylariga piyoda, velosipedlarda hamda jamoat transportidan foydalangan holda kelishdi.
Avtomobilsiz kun aksiyasini oʻtkazishdan maqsad – mamlakatimiz aholisi oʻrtasida ekologik madaniyat va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yoʻl harakati xafsizligini yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan.
Matbuot xizmati




