Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.


Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Joylarda maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etilmoqda.


Xususan, poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi Shokirariq ko‘chasida Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari 50 tup kashtan, Toshkent shahar statistika boshqarmasi vakillari 50 tup chinor daraxt ko‘chati ekishdi.


Shuningdek, ushbu loyiha doirasida hududiy statistika boshqarmalari tomonidan ham turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Ma‘lumot uchun, mazkur loyiha 10- dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” deb e’lon qilindi.
Matbuot xizmati


