Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 17 ta davlatdan qiymati 9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 12,6 ming tonna xurmo import qilingan.

Xurmo importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,9 ming tonnaga oshgan.

Joriy yilning 7 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp xurmo yetkazib bergan davlatlar:

— Eron – 9,8 ming tonna

— Tunis – 810 tonna

— Turkiya – 396 tonna

— Saudiya Arabistoni – 245 tonna

—  Qozogʻiston – 230 tonna

— Ozarbayjon – 224 tonna

— BAA – 196 tonna

— Boshqa davlatlar – 624 tonna

f