Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 462,2 mingtani tashkil etgan.

Shundan 392,4 mingtasi yoki 84,9 % i kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa eng ko‘p ulushi savdo tarmog‘ida bo‘lib, ularning jami korxonalar sonidagi ulushi 32,6 % ni tashkil etdi.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 7,4 %

sanoat sohasida – 12,7 %

qurilish sohasida – 6,3 %

savdo sohasida – 32,6 %

tashish va saqlash sohasida – 3,6 %

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6,3 %

axborot va aloqa sohasida – 2,4 %

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 2,8 %

boshqa sohalarda – 25,9 %

rasm-registrga-0809_p63418