Joriy yilning 17-sentabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-dekabrdagi “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-son qarori, qo‘mitada kitobxonlikni rivojlantirish bilan zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, ish unumdorligini oshirish va xodimlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil 13-maydagi 96-sonli buyrug‘ida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi yuzasidan navbatdagi “Eng yaxshi kitobxon" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirda markaziy apparat xodimlari va Kitobxonlik savodxonligini baholash ishchi guruhi ishtirok etishdi.
Ko‘rik tanlov 2 bosqichda, ya’ni 1- bosqichda test savollari, 2- bosqichda kitobxon o‘zi o‘qigan asari haqida gapirib berishi va Kitobxonlik savodxonligini baholash ishchi guruhi tomonidan asar bo‘yicha savol-javob tarzida olib borildi.

Tanlovda qatnashgan xodimlarning o‘qigan kitoblari haqidagi fikrlari va berilgan savollarga javoblari asosida Kitobxonlik savodxonligini baholash ishchi guruhi tomonidan g‘oliblar aniqlandi.
“Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi g‘oliblari bo‘yicha:

Ijtimoiy soha statistikasi boshqarmasi xodimi Avazova Gullola – uchinchi o‘rin;
Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi boshqarmasi xodimi Narzullayev Fazliddin – ikkinchi o‘rin;
Narxlar statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Ismailova Shaxnoza – birinchi o‘ringa loyiq deb topildi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


