Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 276,8 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 % ga o‘sdi.

Joriy yilning 1-sentyabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 190 tani tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasi o‘sishi bo‘yicha TOP-3 hududlar:

Toshkent shahri – 13,3 %;

Namangan viloyati – 11,8 %;

Navoiy viloyati – 9,8 %.

c