Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabr holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 465,6 mingtani tashkil etgan.

Shundan 395,6 mingtasi yoki 85 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

savdo sohasida – 32,5 %;

sanoat sohasida – 12,7 %;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 7,4 %;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6,3 %;

qurilish sohasida – 6,4 %;

tashish va saqlash sohasida – 3,6 %;

axborot va aloqa sohasida – 2,4 %;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 2,8 %;

boshqa sohalarda – 25,9 %.

s