Joriy yilning 24-sentabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida hududiy statistika boshqarmalarining Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga mas’ul xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

1

Mazkur o‘quv dasturida hududiy mas’ullar ro‘yxatga olish jarayonining tashkiliy-huquqiy asoslari hamda amaliy bosqichlari bilan tanishtirilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlari nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy tajribalarni ham o‘z ichiga olmoqda. Xususan, sinov tariqasida poytaxt tumanlarida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish, ma’lumotlarni elektron shaklda qayd etish jarayoni o‘quv-mashg‘uloti ishtirokchilari uchun amaliy tarzda ko‘rsatib berilmoqda.

4

5

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar hududiy mas’ullarning malakasini oshirish, ularga ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori sa’viyada tashkil etish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Shu tariqa, kelgusida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining samaradorligi va sifatini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.