Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 16,6 trln soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,8 % ga oshgan.

Mazkur turdagi xizmatlarning asosiy – 95,8 % qismini shaxsiy yoki ijaraga olingan koʻchmas mulkni ijaraga berish va boshqarish boʻyicha xizmatlar tashkil etdi.

Shaxsiy koʻchmas mulkni sotib olish va sotish boʻyicha xizmatlar ulushi 1,8 % ni, mukofot evaziga yoki shartnoma asosida koʻrsatiladigan koʻchmas mulkni boshqarish boʻyicha xizmatlar ulushi 1,6 % ni, koʻchmas mulk boʻyicha agentliklarning mukofot evaziga yoki shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlari ulushi 0,8 % ni tashkil etdi.

n