Joriy yilning 17-oktabr kuni Milliy statistika qoʻmitasida 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

7

Tadbirda “Shuhrat” medali sohibasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Farogʻat Xudoyqulova hamda qoʻmita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

7

Maʼrifat tadbirida ona tilimizning milliy gʻurur, maʼnaviyat va istiqlol timsoli ekani taʼkidlanib, davlat tilining jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida soʻz yuritildi.

7j1a3865_p15788

Shuningdek, ona tiliga boʻlgan hurmat va ehtirom, uning toʻgʻri va sof ishlatilishi yuzasidan fikr almashildi. Tadbir goʻzal sheʼrlar bilan birgalikda koʻtarinki kayfiyatda, savol-javob tarzida boʻlib oʻtdi.