Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, kompyuter dasturlashtirish xizmatlari hajmi 19,6 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 26,5 % ga oshgan. Mazkur xizmatlar aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining jami hajmidagi ulushida eng katta qismni egallab, 40,5 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kompyuter dasturlashtirish xizmatlari hajmi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 93 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 138,6 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 97,4 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 183,8 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 143,7 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 142,8 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 107,6 mlrd so‘m
Samarqand viloyati — 306,2 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 155,1 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 43,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati — 252,5 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 343,2 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 211,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri — 17 337,3 mlrd so‘m



