Hurmatli yurtdoshlar!
Milliy statistika qoʻmitasi jamoasi nomidan Sizlarni 21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etamiz!
Ona tilimiz — xalqimizning millat sifatidagi oʻzligini ifoda etuvchi, ajdodlarimizdan bizga meros boʻlib qolgan beqiyos maʼnaviy boylikdir. U orqali biz tariximizni, madaniyatimizni, maʼnaviyatimizni anglaymiz hamda kelajak avlodlarga yetkazamiz.
Yurtimizda oʻzbek tilining nufuzini va mavqeini oshirish, uni ilm-fan, taʼlim, madaniyat va xalqaro maydonda yanada mustahkamlash yoʻlida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Har birimiz uchun bu yuksak eʼtibor va ishonchni oqlash, ona tilimizni asrash, uning sofligi va jozibasini saqlash sharafli burchdir.
Shu munosabat bilan barchangizni yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz. Ona tilimiz abadiy yashasin!
Hurmat bilan,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi jamoasi.



