Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi, tuman-shahar statistika boʻlimlari tomonidan joylarda roʻyxatga oluvchilarni tayyorlaydigan murabbiylar uchun oʻquv-seminarlar tashkil etilmoqda.


Ushbu seminarlarda Farmonning mazmun-mohiyati, roʻyxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda. Shuningdek, roʻyxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni toʻldirish tartibi va boshqa muhim mavzularda maʼlumotlar berilmoqda.


Bu kabi oʻquv-seminarlar muhim tadbir – aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish va xalqaro talablar asosida oʻtkazishga xizmat qiladi.



