O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan.

photo_2025-10-27_18-03-02_p46680

photo_2025-10-27_18-02-54_p25615

photo_2025-10-27_18-02-42_p76006

Ushbu muhim tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tayyorlaydigan murabbiylar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

Seminarlar davomida ishtirokchilarga Prezident Farmonining mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish jarayonining bosqichlari va uning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda. Shuningdek, ro‘yxatga olishda foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish qoidalari va axborot xavfsizligiga oid mavzular bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etilmoqda.

photo_2025-10-27_18-02-57_p82155

photo_2025-10-27_18-02-51_p53523

photo_2025-10-27_18-02-33_p61166

photo_2025-10-27_18-02-48_p76566

photo_2025-10-27_18-03-00_p88549

Bu kabi o‘quv-seminarlar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, uni xalqaro standartlar talablari asosida amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu orqali aholi soni, tarkibi va qishloq xo‘jaligi resurslariga oid ishonchli ma’lumotlar bazasi yaratiladi.