Joriy yilning 5-noyabr kuni Milliy statistika qoʻmitasida Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotning (IOM) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

7

Unda Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Z.Ziyoyev boshchiligidagi markaziy apparat masʼul xodimlari hamda Xalqaro migratsiya tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Endryu Grey va boshqa vakillar ishtirok etishdi.

7j1a4505_p21280

7

Uchrashuvda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini amalga oshirishdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi hamda mazkur yoʻnalishdagi qoʻshma ishlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” va ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

7j1a4521_p16596

7

Imzolangan yoʻl xaritasi doirasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri targʻiboti yuzasidan qoʻllab-quvvatlash, aholi oʻrtasida xabardorlikni oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish belgilandi. Shu maqsadda hamkorlikda targʻibot kampaniyalari tashkil etiladi, banner va videoroliklar tayyorlanadi, jurnalist va blogerlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkaziladi. “Oʻzbekiston demografik atlasi”ni yaratishda xalqaro ekspertlar jalb etiladi.

Shuningdek, tomonlar kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, roʻyxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va xalqaro tajriba almashish borasida kelishib oldilar.