Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng va samarali yoritish hamda aholining xabardorligini oshirish maqsadida joriy yilning 12-noyabr kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida OAV vakillari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi.


Seminar BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining (UNFPA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Tadbirda Milliy statistika qoʻmitasi, xalqaro tashkilotlar ekspertlari va OAV vakillari ishtirok etdi. Oʻquv-seminar davomida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining ahamiyati, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri, axborotlarni toʻgʻri va xolis yoritish usullari boʻyicha maʼlumotlar berildi.


Bu kabi tadbirlar mamlakatimizda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar boʻlib oʻtadigan aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirida OAV faolligini oshirish, aholining xabardorligini yuksaltirish hamda jamoatchilikning ushbu muhim jarayondagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.




