Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida qariyb 2 million nafar Qozog‘iston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 857 ming nafarga yoki 76 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 685 849 nafar;
xizmat yuzasidan – 149 912 nafar;
sayohat – 143 898 nafar;
o‘qish – 91 nafar;
tijorat – 455 nafar;
davolanish – 6 063 nafar.
Shu davr ichida qariyb 1,1 million O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonga safar qilgan bo‘lib, ushbu raqam o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 338,5 ming nafarga, yoki 47 foizga o‘sgan.



