Joriy yilning 17-noyabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

p

Tadbirda qoʻmita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Milliy statistika qoʻmitasi raisining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi va Yuridik boʻlimi boshligʻi 1991-yil 18-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va uning ahamiyati, “bayroq” soʻzining kelib chiqishi va lugʻaviy maʼnosi, millatimiz tarixidagi bayroqlar koʻrinishi haqida maʼruza qilishdi.

p

Milliy statistika qoʻmitasi jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

p