Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 21 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,4 % ga o‘sgan.

Shaxsiy yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulkni ijaraga berish va boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar umumiy hajmining 95,9 % ini tashkil etdi.

Shaxsiy ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha xizmatlar ulushi atigi 1,7 % ni, mukofot evaziga yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan ko‘chmas mulkni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ulushi 1,6 % ni, ko‘chmas mulk bo‘yicha agentliklarning yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar 0,8 % ni tashkil etdi.

ijara_p63381