2025 yilning 10–12-dekabr kunlari Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Statistika qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida MDH mamlakatlari milliy statistika idoralari mutaxassislari ishtirokida milliy hisoblar tizimiga oid masalalarga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.

p

p

Anjumanda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston statistika idoralari vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi ekspertlari ishtirok etmoqda. Dastur doirasida MHTning joriy holati, hisob-kitoblar metodologiyasini takomillashtirish, MHT–2025ni joriy etish, PPS hisoblari va YAIMni dezagregatsiya qilish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Submilliy ko‘rsatkichlar, tuzilmaviy hisob-kitoblar, norasmiy iqtisodiyotni baholash va xalqaro standartlar integratsiyasi kabi masalalar ham muhokama qilinmoqda.

photo_2025-12-10_15-51-14_p97892

p

Anjumanda milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan onlayn va oflayn formatda ma’ruzalar taqdim etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakillari MHT–2025ga tayyorgarlik, tahliliy infratuzilmani takomillashtirish hamda raqamli texnologiyalarni hisob-kitoblarga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot bermoqda. Tadbir MDH mamlakatlari o‘rtasida statistik hamkorlikni kuchaytirish va milliy hisoblar tizimini xalqaro standartlar asosida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

p