Milliy statistika qoʻmitasi Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish shtabi aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oʻzarxiv agentligining Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida boʻlishdi.


Xodimlar Milliy arxivning ko‘rgazmalar zali va arxiv muzeyi eksponatlari bilan tanishib, u yerda saqlanayotgan aholini roʻyxatga olish jarayonlariga oid 1937-yildan 1959-yilgacha boʻlgan tarixiy fotofaktlarni oʻrganishdi.




