Joriy yilning 18-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi. Unda Milliy statistika qoʻmitasi masʼul xodimlari hamda Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etdi.

photo_2025-12-18_20-07-06_p34126

photo_2025-12-18_19-48-32_p98555

Tadbirda Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Z. Ziyayev taqdimot qilib, aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda jarayonlarining xalqaro amaliyotdagi o‘rni haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdi.

p

p

Shuningdek, seminar davomida roʻyxatga olish tadbirlarini tashkil etish, maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash jarayonlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

p

p

Eslatib oʻtamiz, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha mamlakatimizda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

p

Roʻyxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi:

1 bosqich 15-31-yanvar — 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoni yaratiladi.

2 bosqich 4-28-fevral — “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshet orqali roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.