2025-yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” majmuasida “Birga roʻyxatdan oʻtamiz – birga kelajakni yaratamiz” shiori ostida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri doirasida yoshlar festivali boʻlib oʻtdi.



Festival roʻyxatga olish tadbiri yuzasidan yoshlar oʻrtasida xabardorlikni oshirish, ularning faol ishtirokini taʼminlash hamda targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda talabalar, vazirlik va idoralar rahbarlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari, yoshlar yetakchilari hamda koʻngillilardan iborat 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.


Festival doirasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning mazmun-mohiyati, uni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar, shuningdek, roʻyxatga olish jarayonlarida yoshlarning oʻrni va ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir davomida ishtirokchilar uchun interaktiv maydonlar, taqdimotlar hamda sanʼatkorlar ishtirokida chiqishlar tashkil etildi.

Shuningdek, vazirlik va idoralar jamoalari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.



Yakuniy natijalarga koʻra:
1 oʻrin — Raqamli texnologiyalar vazirligi
2 oʻrin — “Oʻzbektelekom” AK
3 oʻrin — Ichki ishlar vazirligi jamoalariga nasib etdi.



Gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


