Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilning 26-dekabr kuni oʻz Murojaatnomasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini qayta koʻrib chiqish vazifasini taʼkidlagan edi.

Shunga koʻra, soʻnggi yillardagi oʻzgarish va natijalarni hisobga olib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi va uzbekistan2030.uz regulation.gov.uz platformalarida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor boʻlgan ushbu hujjat aholi fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi.

Savol va takliflaringizni (71) 239-49-38, (71) 239-49-44 raqamli call-markazi orqali bildirishingiz yoki This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

2