Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 407,9 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 320,9 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 78,7 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 320 870 ta (78,7 %);
Xususiy korxonalar – 46 866 ta (11,5 %);
Oilaviy korxonalar – 36 158 ta (8,8 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 636 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 320 ta (0,8 %).



