Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 39,7 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 58,2 % ga oshgan.
2025-yilda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Hindiston — 17 241 nafar;
Turkmaniston — 9 349 nafar;
Tojikiston — 2 904 nafar;
Pokiston — 1 779 nafar;
Xitoy — 1 428 nafar;
Janubiy Koreya — 917 nafar;
Qirg‘iz Respublikasi — 912 nafar;
Misr — 893 nafar;
Filippin — 745 nafar;
AQSH — 482 nafar;
Boshqa davlatlar — 3 011 nafar.
z


