Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston xorijga qiymati 2,1 mlrd AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln tonna meva-sabzavotlar eksport qilgan.

Eksport qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,9 foizga oshib, jami eksportdagi ulushi 6,3 % ni tashkil etdi.

Ularning tarkibi quyidagicha:

meva va rezavorlar – 628,5 ming tonna;

sabzavotlar – 582,5 ming tonna;

tarvuz-qovun – 233,6 ming tonna;

yeryong‘oq va yong‘oqlar – 29,3 ming tonna;

mosh – 148,2 ming tonna;

boshqalar – 540,5 ming tonna.

photo_2025-12-26_17-20-09_p20921