Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 236 704 kishini tashkil etgan.
Doimiy aholi soni mustaqillik yillarida 17,6 millionga yoki 85,6 foizga ko‘paygan.
Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha (1-yanvar holatiga):
1991-yil — 20 607,7 ming kishi
1995-yil — 22 461,6 ming kishi
2000-yil — 24 487,7 ming kishi
2005-yil — 26 021,3 ming kishi
2010-yil — 28 001,4 ming kishi
2015-yil — 31 022,5 ming kishi
2020-yil — 33 905,2 ming kishi
2021-yil — 34 558,9 ming kishi
2022-yil — 35 271,3 ming kishi
2023-yil — 36 024,9 ming kishi
2024-yil — 36 799,8 ming kishi
2025-yil — 37 543,2 ming kishi
2026-yil — 38 236,7 ming kishi



