Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2026-yil yanvar oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston R. – 98 234 so‘m
Andijon viloyati – 106 160 so‘m
Buxoro viloyati – 107 931 so‘m
Jizzax viloyati – 109 666 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 111 922 so‘m
Navoiy viloyati – 109 697 so‘m
Namangan viloyati – 108 617 so‘m
Samarqand viloyati – 112 930 so‘m
Surxondaryo viloyati – 111 624 so‘m
Sirdaryo viloyati – 104 256 so‘m
Toshkent viloyati – 112 607 so‘m
Farg‘ona viloyati – 115 413 so‘m
Xorazm viloyati – 107 027 so‘m
Toshkent shahri – 116 128 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yog‘i – 0,3 l
piyoz – 300 gr
mol go‘shti – 700 gr
sabzi – 1 kg
guruch – 1 kg
no‘xat – 100 gr
zira – 10 gr
osh tuzi – 20 gr
Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.



