2026-yil 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur — milliy tafakkur va maʼnaviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


Tadbirda qoʻmita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Rustam Musurmon taklif etildi.

Maʼrifiy uchrashuv davomida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning boy ilmiy-adabiy merosi, ularning asarlarida aks etgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, jumladan, statistika sohasiga daxldor maʼlumotlar, raqamlar va hisob-kitoblar hamda ularning tarixiy ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy merosi bugungi kunda ham yosh avlod tarbiyasida, milliy oʻzlikni anglash va intellektual salohiyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.


