2026-yil 13-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasida 11-fevral — Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

p

Anjumanda qoʻmita raisi oʻrinbosari Z. Ziyayev, markaziy apparat xodimalari hamda mehmon sifatida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimi Sitora Raxmonberdiyeva ishtirok etdi.

p

Tadbirda xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi oʻrni, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda ilmiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida maʼruzalar tinglandi.

p

Tadbir yakunida ilm-fan sohasida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilmiy tashabbuslarini ragʻbatlantirish va tajriba almashishni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

p