Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 65 426 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Misrga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 ming nafarga yoki 38,1 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

sayohat – 59 374 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 5 826 nafar;

davolanish – 175 nafar;

o‘qish – 21 nafar;

xizmat yuzasidan – 30 nafar.

photo_2026-02-17_15-03-54_p52677