Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida jami 964 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQSHga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan qariyb 16 foizga kamaygan.

Joriy yil boshida AQSHga borgan O‘zbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 796 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 135 nafar, o‘qish uchun 25 nafar va xizmat yuzasidan 6 nafar, davolanish uchun 2 nafar fuqaro safar qilgan.

Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistonga 1 642 nafar AQSH fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Turistlar soni avvalgi yilga nisbatan 39,4 foizga ko‘paygan.

Ularning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 1 120 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, xizmat yuzasidan 269 nafar, o‘qish uchun 112 nafar, qarindoshlarni yo‘qlash uchun 133 nafar, tijorat maqsadida 6 nafar va davolanish uchun 2 nafar tashrif qayd etilgan.

f_axqwfedgyipfiquvh1wwkvon9y2nma_p92642