Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida jami 2 686 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Malayziyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 800 nafarga yoki 42,4 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
sayohat – 2 563 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 104 nafar;
o‘qish – 14 nafar;
xizmat yuzasidan – 5 nafar.



