2026-yilning 6-mart kuni Milliy statistika qoʻmitasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.



Tadbirda qoʻmita raisi oʻrinbosarlari hamda markaziy apparatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi. Yigʻilishda mamlakatimizda ularga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, ularning jamiyat hayotidagi oʻrni va faol ishtiroki alohida taʼkidlandi.


Tadbir davomida Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati tomonidan xotin-qizlarga samimiy bayram tabriklari yoʻllanib, ularning qoʻmita tizimidagi samarali mehnati, fidokorona faoliyati va jamoa rivojiga qoʻshayotgan munosib hissasi eʼtirof etildi.

Shuningdek, Xizmatlar statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Xan Yelena “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani munosabati bilan jamoa nomidan samimiy tabriklandi.




