Navroʻz – tinchlik va totuvlik, yangilanish va yasharish, mehr-oqibat va hamjihatlik bayramidir. Ushbu fayzli ayyom tabiatga koʻrk bagʻishlagani kabi, insonlarning yuragiga ham quvonch olib kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu nafis ayyom bilan samimiy muborakbod etadi!

Yangi kun – Navroʻz barchamizga baxt, xonadonlarimizga farovonlik, ishlarimizga muvaffaqiyat va ezgu niyatlarimiz roʻyobini olib kelsin!

Hurmat bilan, Milliy statistika qoʻmitasi jamoasi.

n