2026-yil 25-mart kuni Milliy statistika qoʻmitasida favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbir davomida qoʻmita markaziy apparati xodimlariga mehnat muhofazasi va energetika boʻyicha muhandis — energiya menejeri F. Toʻrayev tomonidan favqulodda holatlarda harakat qilish tartibi, xavfsizlik qoidalari, ehtiyot choralari hamda xavfli vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha zarur bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamladilar.



