Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonga Tojikistondan jami 469 060 nafar fuqaro turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Tojikistonliklarning safar maqsadlari tahlil qilinganda — qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 402 100 nafar, sayohat maqsadida 23 996 nafar, xizmat yuzasidan 33 100 nafar, davolanish uchun 7 562 nafar, tijorat maqsadida 1 523 nafar va o‘qish uchun 779 nafar tashrif qayd etilgan.
Shuningdek, mazkur davrda O‘zbekistondan Tojikistonga jami 179 390 nafar fuqaro turistik maqsadlarda safar qilgan.
O‘zbekistonliklarning ham safar maqsadlari tarkibida qarindoshlarni yo‘qlash ustunlik qilib, 176 198 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, sayohat maqsadida 2 281 nafar, davolanish uchun 579 nafar, o‘qish uchun 276 nafar hamda xizmat yuzasidan 56 nafar fuqaro safar qilgan.



