Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonning Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 63,9 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28,8 mln AQSH dollariga yoki 81,7 foizga oshgan.
Mazkur davrda eksport hajmi 45,7 mln AQSH dollarini tashkil etib, 51,1 foizga oʻsgan.
Import hajmi esa 18,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, 3,7 barobarga koʻpaygan.



