2026-yil 26-mart kuni Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari R. Maxammadiyev hamda markaziy apparatda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

p

p

Uchrashuv davomida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Jumladan, kasbiy rivojlanish, malaka oshirish, zamonaviy dasturlardan foydalanish, ta’lim kurslarini tashkil etish, media faollikni kuchaytirish hamda ish jarayonida qo‘shimcha qulayliklar yaratishga oid qator taklif va fikrlar bildirildi.

p

Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini yanada oshirish, ular uchun yangi imkoniyatlar yaratish, iqtidorli va faol kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar ham belgilab olindi.

p