Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagicha (2026-yil mart oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston Resp. – 99 973 so‘m
Andijon viloyati – 108 169 so‘m
Buxoro viloyati – 110 836 so‘m
Jizzax viloyati – 111 556 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 113 936 so‘m
Navoiy viloyati – 112 911 so‘m
Namangan viloyati – 110 958 so‘m
Samarqand viloyati – 115 821 so‘m
Surxondaryo viloyati – 113 661 so‘m
Sirdaryo viloyati – 106 589 so‘m
Toshkent viloyati – 115 026 so‘m
Farg‘ona viloyati – 117 627 so‘m
Xorazm viloyati – 109 457 so‘m
Toshkent shahri – 119 989 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yog‘i – 0,3 l
piyoz – 300 gr
mol go‘shti – 700 gr
sabzi – 1 kg
guruch – 1 kg
no‘xat – 100 gr
zira – 10 gr
osh tuzi – 20 gr
Eslatib o‘tamiz, keltirilgan qiymatlar palov tayyorlash uchun zarur mahsulotlar narxi asosida hisoblangan bo‘lib, ular hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palov narxini ifodalamaydi.



