Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 124 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,4 % ga o‘sgan.
1-aprel holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 527 tani tashkil qildi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 109,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,9 % o‘sishni qayd etdi.
1-aprel holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 52 860 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.



