Joriy yilning 7-may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Milliy statistika qo‘mitasiga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari L. Mirsoatov, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Azimov, mahalla yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.

photo_2026-05-07_12-31-21_p63918

photo_2026-05-07_12-31-07_p41144

photo_2026-05-07_12-31-26_p77618

Muloqot davomida yoshlarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar egallashi hamda ta’lim olishi uchun zarur yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.