2026-yil 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasida Ochiq ma’lumotlar xartiyasi (Open Data Charter) ijrochi direktori Natalia Carfi ishtirokida “Raqamli hukumatda ochiq ma’lumotlar, ma’muriy ma’lumotlar va sun’iy intellekt: imkoniyatlar va ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.



Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda vazirlik va idoralarning mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida ochiq ma’lumotlarning ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, ma’lumotlarni standartlashtirish, ularning o‘zaro muvofiqligi va qiyosiyligini ta’minlash, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishda ochiq ma’lumotlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Tadbir doirasida statistik tahlilda sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlardan foydalanish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini rivojlantirish hamda O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.


