9-may — Xotira va qadrlash kuni xalqimiz uchun o‘tganlarni yod etish, Vatan tinchligi, ozodligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatish ramzidir.

p

Ushbu sana yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, keksalarni e’zozlash, ajdodlarimizning jasorati va matonatini yodga olish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

p

Shu munosabat bilan Milliy statistika qo‘mitasi jamoasi Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida bo‘lib, “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gul qo‘ydi.

p

Tadbir davomida Vatan ozodligi, tinchligi va bugungi farovon hayotimiz yo‘lida jasorat, matonat va fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etildi. Ularning mardligi, jasorati va fidokorona mehnati bugungi avlod uchun yuksak ibrat namunasidir.

p

Xotira va qadrlash — xalqimizga xos ezgu fazilat. Ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, Vatanga sadoqati va fidoyiligi bugungi va kelajak avlodlar uchun hamisha ma’naviy jasorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.